{"id":3825,"date":"2026-06-10T06:03:08","date_gmt":"2026-06-10T01:03:08","guid":{"rendered":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/?p=3825"},"modified":"2026-06-10T12:03:45","modified_gmt":"2026-06-10T07:03:45","slug":"m-n-sip-mijnet-m-ipsiz-zhumys-orynlar-k-siplik-a-am-itibarynda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/3825.html","title":{"rendered":"Munosib mehnat va xavfsiz ish joylari \u2013 kasaba uyushmalari e\u2019tiborida"},"content":{"rendered":"<p>Inson qadrini ulug&#8217;lash, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor yo\u2018nalishlaridan hisoblanadi. Bu borada kasaba uyushmalari tizimi tomonidan qurilish sohasida mehnat qilayotgan xodimlarning mehnat huquqlarini ta&#8217;minlash, xavfsiz va sog&#8217;lom mehnat muhitini shakllantirish hamda bandlikni rasmiylashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan \u201cQurilish sohasida munosib, xavfsiz va sog&#8217;lom mehnat sharoitlarini yaratish hamda bandlikni rasmiylashtirishga ko\u2018maklashish\u201d loyihasi doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta&#8217;minlash maqsadida joylarda o\u2018rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan, O\u2018zbekiston transport, yo\u2018l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining mehnat muxofazasi bo\u2018yicha bosh mutaxassisi D.T.Xoshimova boshchiligida tarmoq kasaba uyushmasi Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi bo\u2018limi bo\u2018linmasi raisi G.T.Paluaniyazova ishtirokida Nukus shaxrida joylashgan &laquo;TUPROQQALA MAXSUS QURILISh&raquo; MChJ da o\u2018rganish ishlari tashkil etildi. Ma&#8217;suliyati cheklangan jamiyatida bugungi kunda rasman 74 nafar ishchilar mehnat qilishmoqda, shundan 4 nafari ayollarni tashkil qiladi. Jamiyat raxbari Melishov Aybek Abatovich. Jamiyat bugungi kunda Nukus shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog&#8217;iston filiali binosini yangidan ishlarini olib bormoqda.<\/p>\n<p>O\u2018rganishlar davomida korxonada mehnat munosabatlarining qonunchilik talablari asosida yo\u2018lga qo\u2018yilganligi, xodimlar bilan mehnat shartnomalari rasmiylashtirilganligi, ish joylarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi holati ko\u2018zdan kechirildi. Ishchilarning shaxsiy himoya vositalari bilan ta&#8217;minlanganligi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda ijtimoiy-maishiy sharoitlar o\u2018rganildi. O\u2018rganish davomida ishchilar bilan suhbatlashildi va kasaba uyushmalari to\u2018g&#8217;risida ma&#8217;lumotlar berildi. O\u2018zlarini qiziqtirgan savolllarga javoblar berildi.<\/p>\n<p>Shuningdek bu borada olib borilayotkan ishlar bo\u2018yicha Nukus shaxrida joylashgan &laquo;AJ Yatirim&raquo; MCHJ XK, KR yullardan muntazam foydalanish davlat muassasasi va Nukus TYFDM \u00a0lar faoliyati ham o\u2018rganildi.<\/p>\n<p>O\u2018rganish jarayonida korxonada mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi, xodimlarning mehnat shartnomalari asosida ish bilan ta&#8217;minlanganligi, ish joylarida xavfsizlik texnikasi qoidalarining bajarilishi hamda shaxsiy himoya vositalari bilan ta&#8217;minlanganlik holati tahlil qilindi. Shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar, ish vaqti va dam olish vaqtiga oid talablarga amal qilinishiga ham alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Tahlillar shuni ko\u2018rsatdiki, qurilish sohasida mehnat munosabatlarini qonuniy asosda tashkil etish hamda ishchilarning huquqlarini himoya qilish bo\u2018yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq sohada mehnat muhofazasi madaniyatini yanada yuksaltirish, xavfsizlik talablariga qat\u2019iy amal qilish va norasmiy bandlikning oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Qurilish sohasi yuqori mas\u2019uliyat va alohida e\u2019tibor talab etadigan yo\u2018nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois ish joylarida xavfsizlik qoidalariga qat\u2019iy amal qilish, mehnat muhofazasi bo\u2018yicha profilaktik tadbirlarni muntazam o\u2018tkazib borish hamda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada kasaba uyushmalari tomonidan mehnat jamoalari bilan samarali muloqot olib borilib, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash choralari ko\u2018rilmoqda.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari tomonidan mehnat jamoalari bilan doimiy muloqot o\u2018rnatish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash bo\u2018yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu esa o\u2018z navbatida mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda sohada munosib mehnat tamoyillarini keng qaror toptirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/mijnet2.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/mijnet4.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/mijnet3.jpg\" \/><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/mijnet.jpg\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inson qadrini ulug&#8217;lash, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":3828,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[72,67,73],"tags":[85],"class_list":["post-3825","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news","category-tjhkq","category-foto","tag-85"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3825","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3825"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3825\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3831,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3825\/revisions\/3831"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3828"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3825"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3825"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3825"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}