{"id":3530,"date":"2026-02-06T06:38:19","date_gmt":"2026-02-06T01:38:19","guid":{"rendered":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/?p=3530"},"modified":"2026-02-06T11:38:46","modified_gmt":"2026-02-06T06:38:46","slug":"k-siplik-a-amlary-t-repinen-ashy-esikler-k-ni-m-k-shpeli-abylla-ilazhy-sh-lkemlestirildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/3530.html","title":{"rendered":"Kasaba uyushmalari tomonidan &laquo;Ochiq eshiklar kuni&raquo; va &laquo;Sayyor qabul&raquo; tadbiri o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<p>Bugungi kunda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o\u2018rni ortib bormoqda. Ular mehnatkash fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli ta&#8217;minlash, mehnat jamoasi a&#8217;zolarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo\u2018llab-quvvatlashda faollik ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Aynan shu maqsadda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mehnatkashlarning murojaatlarini tinglab, joyida bartaraf etish, Federatsiyaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayta-qayta takrorlanishining oldini olish hamda Yangi O\u2018zbekistonning yangi kasaba uyushmalarida olib borilayotgan islohotlar bilan tadbir ishtirokchilarini xabardor qilish maqsadida joriy yilning 5 fevral kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti majlislar zalida &laquo;Ochiq eshiklar kuni&raquo; va &laquo;Sayyor qabul&raquo; tadbiri tashkil etildi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/eshik.jpg\" \/><\/p>\n<p>Tadbirda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o\u2018rinbosari, Mehnat inspektsiyasi boshlig&#8217;i Qobiljon Kirgizaliev, Mehnat inspektsiyasining murojaatlar bilan ishlash sektori boshlig&#8217;i Rzaeva Guzalya Turgunbaevna, hamkor tashkilotlar vakillari, tarmoq respublika kengashi, birlashgan kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raislari, mas\u2019ul tashkilotchilar, shahar va tuman kengashlari hamda boshlang&#8217;ich kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raislari, yangi saylangan kasaba uyushmasi faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Tadbirda 2025 yil 17 oktyabr kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kasaba uyushmalari faollari va nuroniylari bilan uchrashgani, uchrashuv davomida davlatimiz rahbari soha vakillari bilan samimiy suhbatlashgani, ularning taklif va tashabbuslarini tinglagani, shuningdek, bu muloqot qoraqalpog&#8217;istonliklar uchun chinakam quvonchga aylangani, chunki Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasining eng chekka qishlog&#8217;ida &laquo;Bo\u2018zatov&raquo; sanatoriysi foydalanishga topshirilgani ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Qolaversa, mazkur uchrashuvda Prezidentimiz kasaba uyushmalari faoliyatiga yuksak baho berish bilan birga, kelgusida bajariladigan vazifalar amaliy misollar yordamida aniq ko\u2018rsatib berilganligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, respublikamiz hududlarida o\u2018tkazilayotgan &laquo;Ochiq eshiklar kuni&raquo; va &laquo;Sayyor qabul&raquo; tadbirlari barcha uchun manfaatli bo\u2018layotgani aytib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng tadbir davomida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan so\u2018nggi besh yil davomida olib borilgan faoliyati va erishilgan natijalari haqida ma&#8217;lumot berildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, tadbirda yangi saylangan kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raislariga o\u2018z faoliyatini ustav talablari asosida olib borishi, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini qabul qilishda mehnat qonunchiligida belgilanganidan tashqari qo\u2018shimcha kafolatlar va imtiyozlarni nazarda tutishi, shuningdek, kasaba uyushmalarining asosiy vazifasi xodimlarni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan qo\u2018llab-quvvatlash ekanligi bo\u2018yicha tushuntirishlar berildi.<\/p>\n<p>Tadbir yakunida ishtirokchilar o\u2018zaro fikr almashib, ish beruvchilar va xodimlar o\u2018rtasidagi mehnat munosabatlarida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar bo\u2018yicha savollariga javoblar oldi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/eshik1.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/eshik4.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/eshik8.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/eshik3.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/eshik2.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/eshik5.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/eshik6.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/eshik7.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/eshik9.jpg\" \/><\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\" width=\"1349\" height=\"759\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/OC57OkuUB6c\" title=\"\u041a\u0430\u0441\u0430\u0431\u0430 \u0443\u044e\u0448\u043c\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438 \u0442\u043e\u043c\u043e\u043d\u0438\u0434\u0430\u043d &quot;\u041e\u0447\u0438\u049b \u044d\u0448\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440 \u043a\u0443\u043d\u0438&quot; \u0432\u0430 &quot;\u0421\u0430\u0439\u0451\u0440 \u049b\u0430\u0431\u0443\u043b&quot; \u0442\u0430\u0434\u0431\u0438\u0440\u0438 \u045e\u0442\u043a\u0430\u0437\u0438\u043b\u0434\u0438\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share\" referrerpolicy=\"strict-origin-when-cross-origin\" allowfullscreen><\/iframe><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o\u2018rni ortib bormoqda. Ular mehnatkash fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":3531,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[71,72,73,69],"tags":[76],"class_list":["post-3530","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-video","category-news","category-foto","category-yubolim","tag-76"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3530","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3530"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3530\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3541,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3530\/revisions\/3541"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3531"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3530"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3530"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3530"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}