{"id":3520,"date":"2026-01-20T06:55:49","date_gmt":"2026-01-20T01:55:49","guid":{"rendered":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/?p=3520"},"modified":"2026-01-20T12:34:08","modified_gmt":"2026-01-20T07:34:08","slug":"sudlar-a-m-r-zhat-eti-de-ashy-ly-m-ajdynly","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/3520.html","title":{"rendered":"Sudlarga murojaat qilishda ochiqlik va shaffoflik"},"content":{"rendered":"<p>Fuqarolarning O\u2018zbekiston Respublikasi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/20596\">Konstitutsiyasi<\/a> va qonunlarida mustahkamlab qo\u2018yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz bo\u2018lib, hech kim ulardan sudsiz mahrum etishga yoki ularni cheklashga haqli emas. Jismoniy va yuridik shaxslar huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish muhim davlat himoyasi instituti bo\u2018lib, u mustaqil sud hokimiyati tomonidan odil sudlovni amalga oshirish orqali ta&#8217;minlanadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi va O\u2018zbekiston Respublikasining Ma&#8217;muriy sud ishlarini yuritish to\u2018g&#8217;risidagi kodeksi 4-moddasiga muvofiq, manfaatdor shaxs, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, prokuror, shuningdek, boshqa shaxslar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga vakolatli ayrim fuqarolar va davlat organlari ma&#8217;muriy organ qarorini haqiqiy emas va uning mansabdor shaxsi harakatini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to\u2018g&#8217;risidagi ariza (shikoyat) bilan, basharti bu qaror, harakat (harakatsizlik) tufayli uning huquqlari va qonun bilan qo\u2018riqlanadigan manfaatlari buzilgan, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to\u2018sqinlik yaratilgan, zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklatilgan hamda u yoki bu sohadagi faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa to\u2018sqinlik yaratilgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli.<\/p>\n<p>Sud orqali himoya qilish huquqini birinchi instantsiya sudida ish qo\u2018zg&#8217;atish uchun qonunda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda amalga oshirish mumkin. Ushbu shartlarga rioya etmaslik sud tomonidan murojaatlarni qabul qilish va ko\u2018rishni rad etish uchun asos bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Sudga murojaatlar shakl va mazmun jihatdan protsessual qonunlar bilan ularga qo\u2018yilgan talablar (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi haqidagi ma&#8217;lumotlar yoki yuridik shaxsning nomi va joylashgan joyi haqidagi ma&#8217;lumotlar, berilgan murojaat bo\u2018yicha huquqiy munosabatning mohiyati, murojaat va qo\u2018yilayotgan talab yoki iltimosnomaning mohiyati, murojaat sanasi, murojaat etuvchining imzosi) ga mos bo\u2018lishi kerak. Murojaatlar sudga elektron hujjat shaklida ham yuborilishi mumkin.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo\u2018yicha amalga oshirilgan tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlariga o\u2018z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman odil sudlovga erishishni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta&#8217;minlash imkonini berdi.<\/p>\n<p>&laquo;Sudlar faoliyatiga sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta&#8217;minotini yaxshilashga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g&#8217;risida&raquo;gi 140-sonli Prezident farmoni sudlar faoliyatini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish, elektron odil sudlovni rivojlantirish, odil sudlovning ochiqligi va shaffofligini ta&#8217;minlash, inson omilini cheklash orqali turli illatlarning oldini olish, eng muhimi, aholining sudga bo\u2018lgan ishonchini yanada mustahkamlash, sudlar, advokatlar va taraflar o\u2018rtasidagi muloqotning yagona raqamli platformasini yaratish, milliy tizimlarni xalqaro standartlar bilan integratsiya qilish kabi strategik yo\u2018nalishni belgilab berdi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, &laquo;Raqamli sud&raquo; kontseptsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish ko\u2018zda tutilgani alohida e\u2019tiborga molik. Bunda sudga ariza berishdan oldin sun\u2019iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi va sarflanadigan xarajatlarni shakllantirish, murojaatlarni elektron shaklda yuborish, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud binosiga bormagan holda jarayonda masofadan ishtirok etishi, taraflarga ishga oid barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyatini yaratish, shuningdek, ijro xatlarini avtomatik tarzda ijroga yuborish, sun\u2019iy intellekt yordamida sud majlislari bayonnomalarini real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlash va sud hujjatlari loyihalarini avtomatik tarzda shakllantirish vazifalari belgilandi. shuningdek, ijro xatlarini avtomatik tarzda ijroga yuborish, sun\u2019iy intellekt yordamida sud majlislari bayonnomalarini real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlash va sud hujjatlari loyihalarini avtomatik tarzda shakllantirish vazifalari belgilandi. shuningdek, sud ishlariga oid ko\u2018plab hujjatlarni qisqa vaqtda o\u2018rganish, muhim ma&#8217;lumotlarni saralab olish orqali sudyalarning ish yuklamasini engillashtirishda, qonun normalari va sud amaliyotini o\u2018rganish, ko\u2018rib chiqilayotgan ishlarni ilgari ko\u2018rilgan ishlar bilan umumiy yoki o\u2018xshashligini aniqlash, ularni taqqoslashda sun\u2019iy intellekt cheksiz imkoniyatlar bermoqda.<\/p>\n<p>Sud tizimida joriy etilgan interaktiv elektron xizmatlar inson resursini keskin kamaytirib, arizalarni onlayn topshirish, ish yuritishni masofadan kuzatish va elektron qarorlar korruptsiya xavfini kamaytirishning eng samarali usullariga aylandi. Inson omili kamaysa, korruptsiya ham kamayadi, bu degani endi sudga murojaat qilish uchun ortiqcha ovoragarchilik, vositachilar yoki norasmiy munosabatlar talab etilmaydi. Interaktiv xizmatlar orqali ariza onlayn topshiriladi, ishning harakati real vaqtda kuzatiladi, qarorlar elektron shaklda olinadi. Bu esa shaffoflikni oshiradi va korruptsiya uchun sharoitni yo\u2018q qiladi.<\/p>\n<p>Ushbu islohotlar natijasida amalga oshirilayotgan ishlar\u00a0 sud tizimidagi muammo va kamchiliklarni, ortiqcha byurokratik to\u2018siqlarni bartaraf etishga, tomonlarga sudda teng imkoniyatlar darajasida ishtirok etish vakolatini ta&#8217;minlashga, investorlar huquqlarining ishonchli sud himoyasida bo\u2018lishiga erishishga, shuningdek, sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga, ochiqlik va shaffoflikka xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi\u00a0ma&#8217;muriy sudi\u00a0sudya katta yordamchisi:<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>S.Abdikarimova<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fuqarolarning O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo\u2018yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz bo\u2018lib, hech kim ulardan sudsiz mahrum etishga yoki [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":3523,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[72],"tags":[],"class_list":["post-3520","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3520","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3520"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3520\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3525,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3520\/revisions\/3525"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3523"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3520"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3520"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3520"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}