{"id":2855,"date":"2024-11-22T15:05:17","date_gmt":"2024-11-22T10:05:17","guid":{"rendered":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/?p=2855"},"modified":"2024-11-22T20:11:59","modified_gmt":"2024-11-22T15:11:59","slug":"bajra-ym-meni-ma-tanyshym","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/2855.html","title":{"rendered":"BAYROG&#8217;IM \u2014 MENING FAXRIM, G&#8217;URURIM"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog&#8217;iston kengashi majlislar zalida 18-noyabr\u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat bayrog&#8217;i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan \u201cBayrog&#8217;im \u2014\u00a0 mening faxrim, g&#8217;ururim\u201d mavzusida Ma&#8217;rifat soati o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Tadbirda O\u2018zbekistn kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog&#8217;iston kengashi raisi o\u2018rinbosari M.Daniyarov so\u2018zga chiqib davlat bayrog&#8217;idagi \u00a012 yulduz tasvirini o\u2018zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o\u2018z tuprog&#8217;ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozimligi to\u2018g&#8217;risida so\u2018z yuritdi. Shundan so\u2018ng O\u2018zbekiston Respublikasi Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mitasining Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Jamalov Nurilla va boshqalar so\u2018zga chiqib bayroq sport musobaqalari va boshqa yuqori darajadagi uchrashuvlarda O\u2018zbekiston bayrog&#8217;ining xilpirashi to\u2018g&#8217;risida o\u2018z fikr-mulohazalarini bildirdi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash lozim, bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo\u2018lib kelgan. Xususan, ajdodlarimiz yurt bayrog&#8217;ini muqaddas bilib uni ardoqlaganlar, ko\u2018z qorachig&#8217;idek saqlaganlar.<\/p>\n<p>BMT binosida unga a&#8217;zo bo\u2018lgan mustaqil davlatlar qatori O\u2018zbekistonning ham bayrog&#8217;i hilpirab turibdi. Aslida har bir bayroqning o\u2018z tarixi, u mansub bo\u2018lgan yurt suvratiyu siyratiga monand qiyofasi bor.<\/p>\n<p>Bayroq atamasi eski turkiy atama bo\u2018lib, u bundan ming yillar avval ham aynan shu ma&#8217;noda qo\u2018llangan. Tilshunoslarning aytishicha, bu nom qadimgi turkchada baziraq, badiroq, batiroq tarzida ham qo\u2018llangan. Ya\u2019ni, bayroq biror el-ulus, qavmning erkinlik belgisi bo\u2018lib, u baland joylarga, hukmdorlar chodiriga o\u2018rnatib, sanchib (botirib) qo\u2018yilgan. Uni tug&#8217;, yalov, sanchoq (sanjoq) nomlari bilan ham ataganlar.<\/p>\n<p>Tariximizda hukm surgan turli sulolalar, davlatlar ham o\u2018z bayroqlariga ega bo\u2018lgan. Masalan, qadimgi Ko\u2018kturk hoqonligi, Amir Temur davlati bayrog&#8217;i moviy, qadimgi ajdodlarimiz bo\u2018lgan xunlarning bayrog&#8217;i oq, G&#8217;aznaviylar davlati, Qo\u2018qon xonligi bayroqlari yashil, Turkiston muxtoriyati bayrog&#8217;i ko\u2018k va qizil ranglarda edi. Binobarin, bayrog&#8217;imizni qabul qilishda, unda muayyan ranglarni belgilashda tarixiy an\u2019analarimizga alohida urg&#8217;u berilgan.<\/p>\n<p>Yaqin tariximizga nazar soladigan bo\u2018lsak, hali sobiq tuzum paytidayoq, 1990 yilning mart oyida o\u2018tgan parlament sessiyasida yurtimizning davlat ramzlari haqidagi masala muhokama qilingan edi. O\u2018sha yilning 20 iyun kuni qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasida ham O\u2018zbekiston o\u2018z taraqqiyot yo\u2018lini o\u2018zi belgilashi, bayroq, gerb, madhiya singari ramzlarni o\u2018zi ta&#8217;sis etajagi qayd etildi.<\/p>\n<p>Vatanimiz mustaqillikka erishgan dastlabki pallada \u2013 1991 yilning 18 noyabrida Davlat bayrog&#8217;i to\u2018g&#8217;risidagi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga ko\u2018ra, bayrog&#8217;imiz davlat suverenitetining ramzi bo\u2018lib qoldi.<\/p>\n<p>Bugun xalqimizning, yoshlarimizning bayroqqa, milliy ramzlarga bo\u2018lgan mehri, sadoqati oshib borayotganini ko\u2018rib, xursand bo\u2018ladi odam.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi \u00a0bayrog&#8217;i qabul qilingan kun barchangizga muborak bo\u2018lsin!<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/bajrak.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/bajrak2.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/bajrak3.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/bajrak4.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/bajrak6.jpg\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog&#8217;iston kengashi majlislar zalida 18-noyabr\u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat bayrog&#8217;i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan \u201cBayrog&#8217;im [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":2857,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[72,62,73],"tags":[76,75],"class_list":["post-2855","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news","category-mahsjbolim","category-foto","tag-76","tag-75"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2855","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2855"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2855\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2861,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2855\/revisions\/2861"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2857"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2855"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2855"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2855"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}